Yotoqxonaga joylashish uchun onlayn ariza topshirgan OTMlarning ayrim 1-kurs talabalari uning javobini hanuz kutishmoqda. Oliy ta’lim vazirligi vakili ijtimoiy himoyaga muhtoj kontengent to‘liq qamrab olinishi uchun jarayon yana 1−2 kun davom etishini, so‘ngra boshqalarning arizalari ko‘rib chiqilishini bildirdi.
O‘zbekistondagi barcha maktablar va oliy ta’lim muassasalarida o‘qish boshlandi. 4-sentabr tongida Toshkent ko‘chalari yanada gavjumlashdi, tirbandliklar ko‘payib, jamoat transportlari yo‘lovchilarga to‘ldi, maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq chalindi, talabalar esa darsga otlanishdi. “Gazeta.uz” fotoreportaji.
O‘zbekistonda 2024-yildan davlat oliy ta’lim muassasalarining barcha kurs talabalari yotoqxonaga joylashish uchun onlayn ariza topshirishi mumkin bo‘ladi. Hozircha bunday imkoniyat faqat 1-kurs talabalarida bor. “Gazeta.uz” ular uchun Yagona portal orqali ariza topshirish yo‘riqnomasini tayyorladi.
Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Tashkent Index majmuasi hududida bo‘sh turgan 10 ming o‘rinli binoni bir hafta muddatda xususiy sherikchilik asosida TTJga aylantirishga ko‘rsatma berdi.
Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov davlat-xususiy sheriklikda yotoqxonalar qurish nima sababdan oqsagani haqida gapirdi. Vazir tadbirkorlar yotoqxona qurishdan manfaat yo‘qligini va qurmasliklarini aytganini qayd etdi. Hozir esa talablar o‘zgarib, yotoqxonalar qurilayotganini ta’kidladi.
Oliy ta’lim vazirligi talabalarning qariyb 41 foizi yotoqxona bilan ta’minlanganini ma’lum qildi. 2020 yilda bu ko‘rsatkich 28 foizni tashkil qilgan. 2 qavatli karavotlar, turar joylarni optimallashtirish, yangi yotoqxonalar hisobiga o‘rinlar soni ko‘paytirildi.
Prezident Andijon, Samarqand va Toshkent shahridan tashqari boshqa hududlarda talabalar uchun yotoqxona qurish ishlari boshlanmaganini tanqid qildi. Qolaversa, ijarada turuvchi talabalarga subsidiya berish uchun rektorlarga o‘tgan 2 oyda 24 mlrd so‘m berilgani, biroq, atigi 5 mlrd so‘m ishlatilgani aytildi. «Bir oy ichida o‘zgarish qilmagan hudud rahbari va oliygoh rektori ishdan olinadi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat statistika qo‘mitasi 2020−2021 o‘quv yili boshida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan OTMlar soni haqdagi ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda OTMlar soni 127 taga yetgan, ularning 88 tasida talabalar uchun yotoqxonalar mavjud.
Hukumat qarori bilan talabalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida turar joylar quriladi. Buning uchun viloyat hokimlari tomonidan 0,5 gektargacha yer joylardan ajratiladi. Respublika bo‘ylab jami 228 ta talabalar turar joylari (400 o‘rinli) barpo etiladi.
Navbatdagi o‘quv yilida davlat xususiy OTMlarga 22 yo‘nalish bo‘yicha 500 ta grant o‘rinlari ajratadi. OTMlarga hujjat topshirish jarayoni besh kun ichida boshlanadi. Prezident talabalarni turar joylar bilan ta’minlash ishlari doirasida byudjetdan 50 mlrd so‘m ajratilishini ma’lum qildi. Yotoqxona va xostellar quriladigan yer maydonlari auksion orqali taqdim etiladi.
Prezident boshchiligida o‘tayotgan videoselektorda 1 maydan talabalarga ijara to‘lovining 50 foizi davlat tomonidan qoplab berilishi ta’kidlandi. Buning uchun 100 mlrd so‘m ajratiladi. «Dastlabki bosqichda ushbu tizim orqali 60 ming nafar yoshlar qamrab olinadi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Abduqodir Toshqulov OTMlar talabalar turar joylarida qizlar va o‘g‘il bolalarning bir qavatda joylashtirilganligini tanqid qildi. U bino bitta bo‘lgan taqdirda, ikkita kirish va chiqish joyi qilish mumkinligini ta’kidladi.
O‘zbekistondagi 129 ta OTMda 500 ming nafar talaba tahsil oladi, lekin ular yetarlicha yotoqxonalar bilan ta’minlanmagan. Toshkentda 13 foiz talabalar yashash joyi bilan qamrab olingan. Shavkat Mirziyoyev talabalar turar joylari sonini ko‘paytirishni buyurdi. «Bitta xonada 4 kishi bo‘lsin, platskartaga o‘xshab», — dedi u.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting